O‘zbekistondan 400 ta noyob toshbaqani olib ketayotgan tojikistonlik qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
16 Sentabr
5170Toshkent viloyatining Bekobod shahrida Tojikiston fuqarosi O‘zbekistondan 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Bekobod shahrining “Farhod” chegara postida o‘tkazilgan reyd davomida 1989 yilda tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Yo.B. Tojikistonga 400 ta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini olib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Toshbaqalar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “Tabiat bag‘ri”da pitomnigiga vaqtincha saqlash uchun topshirildi. Shuningdek, holatga huquqiy baho berish va kerakli chora ko‘rish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, noyob endimek tur hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy bojxonachilari 100 dan ortiq kam uchraydigan ilonni shimining ichiga solib kelayotgan erkakni qo‘lga olgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi