O‘zbekistondagi YTHda xorijliklar halok bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uch nafar Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda qo‘shni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

“3 avgustda Navoiy viloyatining Nurota tumanidan o‘tuvchi “Nurota-Jizzax-Forish” avtomobil yo‘lining 136 kmda Nexia avtomobili yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va Isuzu yuk avtomobili bilan to‘qnashgan. Yengil avtomobilda 7 kishi, shu jumladan 2 nafar voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida 3 nafar Qozog‘iston fuqarosi (1952, 2013, 2016 yillar) voqea joyida halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Yana 3 nafar qozog‘istonlik jiddiy jarohat olib, Nurota tumanidagi tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Jabrlanganlar hushini yo‘qotmagan, biroq ahvoli og‘irligicha qolyapti.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari jabrlanganlar va ularning yaqinlariga kerakli yordamni ko‘rsatgan. Barcha halok bo‘lganlar asli o‘zbekistonlik bo‘lib, ularning qarindoshlari O‘zbekiston hududida yashaydi. Shu sababdan qarindoshlari marhumlarni O‘zbikiston hududida dafn etishga qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Navoiy viloyati

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing