O‘zbekistondagi tezyurar poyezdlar soni yana ikkitaga ko‘payadi
Jamiyat
−
09 aprel 2019
7237“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Ispaniyaning "Patentes Talgo S.L.U." kompaniyasi bilan olib borgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralaridan so‘ng Talgo-250 rusumidagi ikkita tezyurar poyezd olib kelish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shartnomada, shuningdek, to‘rtta ekonom-klass vagoni, ehtiyot qismlari va servis xizmatlari ko‘rsatish uchun asbob-uskunalar yetkazib berilishi ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Ispaniya hukumati ispan kompaniyalarining korporativ internatsionallashuv fondi tomonidan shartnoma doirasida 30 yil muddatga kredit ajratilishini ham ma’qullagan. Shundan 10 yili 0,05 stavkali imtiyoz muddatidir.
Hujjatda qayd etilishicha, loyiha 2019-2021 yillarda amalga oshiriladi. O‘zbekistonning unga qo‘shadigan hissasi 15,3 mln. yevro ekvivalentiga teng. Shundan 14,37 mln. yevrosi soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida taqdim etiladi. Qolaversa, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hisobidan 934,4 ming yevro ekvivalentida mablag‘lar ajratiladi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston to‘rtta Afrosiyob tezyurar yo‘lovchi poyezdidan foydalanib kelmoqda.
LiveBarchasi