O‘zbekistondagi masjidlarda Yangi Zelandiyadagi terakt qurbonlari xotirasiga Qur’on tilovat qilinadi

Jamiyat

image

Bugun, 17 mart kuni O‘zbekistondagi barcha jome masjidlarda peshin namozidan so‘ng, 15 mart kuni Yangi Zelandiyada amalga oshirilgan qonli harakatlarda halok bo‘lgan musulmonlar haqqiga Qur’oni karim o‘qilib, tilovat qilinadi. Bu haqda Qalampir.uz’ning O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi manbasi ma’lum qildi.

Muftiy Usmonxon Alimovning shahid bo‘lganlar haqqiga duo qilish tavsiya etilgan maktubi respublikaning barcha jome masjidlariga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 mart kuni 4 nafar qurollangan terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga kirib, ibodat qilayotganlarga qarata o‘q uzgan. Hodisa natijasida qurbon bo‘lganlar 50 nafardan ortdi.

"An-Nur" va "Linvud" masjidlarida ham namozxonlar o‘qqa tutilgan. Natijada 49 kishi yaralllangan.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Zelandiya

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing