Duranglar kuni. Eron va Yangi Zelandiya ham durang o‘ynadi
Sport
−
16 iyun 2966 1 daqiqa
Bugun, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “G” guruhidan o‘rin olgan Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
AQSHning Inglvud shahridagi “SoFay” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsni meksikalik hakam Sesar Ramos Palasuelos boshqarib bordi. O‘yinning 7-daqiqasida Yangi Zelandiya hujumchisi Elayja Jast hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqada Eron himoyachisi Ramin Rezaian muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasiga kelib Jast o‘zining ikkinchi golini kiritib, Yangi Zelandiyani yana oldinga olib chiqdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 64-daqiqada Muhammad Mohebi hisobni yana tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda jamoalar g‘olibni aniqlay olmadi va bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Ushbu natijadan so‘ng Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari o‘z hisoblariga bir ochkodan yozib qo‘yishdi. E’tiborli jihati, “G” guruhida 1-tur yakunlariga ko‘ra barcha to‘rtta jamoa ham bir ochkodan jamg‘arib, bir xil holatda turibdi.
Endilikda guruhning 2-turida Eron Belgiyaga qarshi maydonga tushadi, 3-turda esa Misr bilan kuch sinashadi. Yangi Zelandiya navbatdagi turda Misrga qarshi bahs olib borsa, guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini Belgiyaga qarshi o‘tkazadi.
Live
Barchasi