O‘zbekistondagi QQS Rossiyada shakar narxiga jiddiy ta’sir qildi

Olam

image

Rossiyada joriy yilning iyun oyida shakarning ulgurji narxi o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan 27,5 foizga tushib ketdi. Noyabr oyida uning narxi tushishni boshlagandi. O‘shanda 1 kg shakar 37 rubl turgan, iyunga kelib 26,9 rubl bo‘lgan. Rossiya Shakar ishlab chiqaruvchilari ittifoqi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Qayd etilishicha, iyun oyida shakar narxining tushishi noodatiy holat. 2018 yilning iyun oyida 1 kg shakar 32,8 rubl bo‘lgan.

Rossiyada shakarning chakana narxi ham arzonlagan. 2019 yil boshidan beri do‘konlarda shakar narxi 3,79 rublga arzonlab, iyunda 1 kg shakar 43,19 rublga teng bo‘lgan.

Shakar narxining pasayishi Rossiyada bu tur mahsulotlarning ulkan zaxirasi shakllangani bilan izohlangan. Iyun oxirida Rossiyada 2,7 mln tonna shakar zaxirasi bo‘lgan. Bu 2016 yildagi bazaviy zaxiralardan 700 ming tonnaga ko‘p.

Shakar narxining arzonlashuviga O‘zbekistondagi vaziyat ham ta’sir ko‘rsatgan. O‘zbekiston Belarusdan keyin Rossiyadan shakar sotib oluvchi ikkinchi eng yirik importyor hisoblanadi. 2018 yilda Rossiya O‘zbekistonga 386, 2 ming tonna shakar yetkazib bergan. Biroq 2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda shakarni qayta ishlovchi zavodlar ishga tushirilgan. Bu ham yetmaganidek import qilinayotgan shakarga 20 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i ham joriy qilindi. Ayni shu choralar rus eksportyorlari uchun to‘siq yaratdi. Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Rossiyadan bor yo‘g‘i 6 tonna shakar sotib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya shakar

Baholaganlar

81

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing