O‘zbekistondagi eng katta poligonda dala-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Jamiyat

image

Mudofaa vazirligiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” okrug dala-o‘quv maydonida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlarining reaktiv artilleriya batareyasi bilan jangovar otish bo‘yicha taktik o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Divizion komandirlari o‘quv rahbarligida mashg‘ulot o‘tash uchun yo‘l olgan harbiy texnikalarning kolonna bo‘lib harakatlanish chog‘ida zaharlangan va minalashtirilgan hududlardan o‘tish mashqlarida harbiy xizmatchilar yana bir karra toblanishdi.

122 mmli artilleriya gaubitsasi, 152 mmli artilleriya pushkasi hamda 122 mmli reaktiv artilleriya qurollaridan jangovar o‘t ochish chog‘ida qo‘qqisdan dushman hujumi sodir etilganda uning oldini olish amaliyotlari ham harbiylarning jangovar shayligini oshirishda muhim omil bo‘ldi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi poligon

Baholaganlar

43

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing