O‘zbekistondagi eng katta harbiy poligon ochildi
Jamiyat
−
07 noyabr 2019
7011O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okgugga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu dala-o‘quv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, “O‘zbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamg‘armasi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Ochilish marosimidan keyin mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligida zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan o‘quv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari ko‘zdan kechirildi.
Poligon inftuzilmasidan so‘ng navbat dala-o‘quv maydonini nazardan o‘tkazishga keldi. O‘zbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standardlariga to‘la-to‘kis javob beradi. Unda bir vaqtning o‘zida barcha turdagi jangovar texnikalarni qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.
O‘tkazilgan amaliy o‘quv mashg‘ulotlarida harbiy xizmatchilar zamonaviy poligonda yaratilgan o‘quv joylarida bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi.
LiveBarchasi