O‘zbekistondagi suv omborlarining to‘g‘oni asosan avariyaga moyil tipda ekani aytildi
Jamiyat
−
09 iyun 2020
9583Dunyodagi mavjud to‘g‘onlarning 70 foizini gruntli to‘g‘onlar tashkil etadi. O‘zbekistonda ham 55 dan ortiq suv ombori mavjud bo‘lib, faqat Andijon suv omboridan boshqa barchasi grunt to‘g‘onlarni tashkil etadi. Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti direktori Ilhom Mahmudov ma’lum qildi.
Ilhom Mahmudovning ma’lum qilishicha, yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiya ma’lumotiga ko‘ra, to‘g‘onlarda ro‘y beradigan avariyalar 53 foizi grunt to‘g‘onlari, 23 foizi beton gravitatsiya to‘g‘onlari, 3 foizi arkali temir beton to‘g‘onlari va 17 foizi boshqa to‘g‘onlarga to‘g‘ri keladi.
Gidrotexnik inshootlarda avariya sodir bo‘lishi quyidagi ikki omilga bog‘liq:
– tabiiy (shamol, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi va zilzila);
– antropogen (loyihadagi kamchiliklar, qurilish me’yorlariga rioya qilmaganlik).
Avvalroq, Zoologiya instituti zoolog mutaxassislari yovvoyi kemiruvchilar va boshqa hayvonlar faoliyatini "Sardoba" suv ombori to‘g‘oni holatiga ta’sirini aniqlash maqsadida gidroinshootga safar uyushtirgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi