Qozog‘istonda suv ombori toshib ketdi
Olam
−
01 aprel 20781 1 daqiqa
Bugun, 1 aprelga o‘tar kechasi Qozog‘iston shimolidagi Sergeyevka suv ombori toshib ketdi. Bu haqda “Vlast” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda mintaqada toshqin xavfiga qarshi tayyorgarlik kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.
Viloyat hokimi Gauyez Nurmuhambetov xavf hududida joylashgan qishloqda toshqinlarga qarshi shtab tashkil etishni topshirgan. U, shuningdek, barcha muhim hududlar – Qiziljar tumanidagi himoya inshootlari, Zarechniy qishlog‘idagi aylanma kanal va Petropavlovsk gidrouzeli nazorat ostida ekanini ta’kidlagan.
Hozirgi vaqtda suv darajasi 8 santimetrga oshgan. Mamlakat gidrometeorologiya markazi toshqinning cho‘qqi davri aprelning ikkinchi-uchinchi o‘n kunligida kutilayotgani haqida ogohlantirgan.
Shuningdek, mintaqada daryolardagi suv darajasi kun-u tun kuzatilmoqda va barcha zarur kuchlar hamda vositalar toshqinni oldini olishga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda oxirgi ikki kun ichida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari binolarning qulashiga va 22 kishi halok bo‘lishiga olib kelgandi.
Live
Barchasi