O‘zbekistondagi bozorlar va supermarketlarda pirometrli maxsus xodimlar ish boshlaydi

Jamiyat

image

6 apreldan boshlab Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlardagi  yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi qarorida aytilgan.

Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi hamda 37 S va undan yuqori bo‘lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Shuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Koronavirus O'zbekistonda Pirometr

Baholaganlar

274

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing