O‘zbekistondagi bemorlar koronavirusni qanday yuqtirib olgani ochiqlandi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
47462Butun dunyo bo‘ylab pandemiya darajasiga ko‘tarilgan koronavirus COVID-19 infeksiyasinining O‘zbekistonda aniqlanganiga 18 kun to‘ldi. Bu orada bemorlar 190 nafarga yetdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi joriy yilning 2 aprel holatiga ko‘ra koronavirus aniqlangan bemorlarning qay yo‘l bilan ushbu infeksiyani yuqtirib olgani bilan bog‘liq ma’lumotlarni ochiqladi.
Qayd etilishicha, 190 nafar bemordan 72 nafari chet elda bo‘lgan va ular O‘zbekistonga qaytganida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Qolgan 112 nafar bemor esa mamlakat ichida yaqin muloqot va muloqot yo‘li orqali infeksiyani yuqtirib olgan.
Infeksiya manbai 185 kishida to‘liq aniqlangan, 5 kishida epedimik surishtiruv davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 190 nafarga yetdi. Ularning 12 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi