O‘zbekistondagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
Jamiyat
−
28 fevral
2732Joriy yil Ramazon oyida O‘zbekistondagi 2100 dan ortiq masjidda tarovih namozi, shundan 1 700 dan ziyodida 27 kun davomida Qur’oni karim xatm qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, masjidlarda tarovih namozi va Qur’oni karim xatm qilinishi maqsadida 3,5 mingga yaqin xushovoz qorilar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi masjidlarda tarovih namozi bugun, 28 fevral xufton namozidan keyin boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 mart kuniga to‘g‘ri kelishi xabar qilingan edi. Qolaversa, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarori ham qabul qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


