O‘zbekistonda ZRM sinovdan o‘tkazildi (video)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘linma shaxsiy tarkibi jangovar tayyorgarlik o‘quv rejasiga ko‘ra, Navoiy viloyatida joylashgan “Qulquduq” havo-yer harbiy poligonida “Musaffo osmon” taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazdi.

Mashg‘ulot davomida jangovar shay holatga keltirilgan zenit-raketa majmualari ishga tushirildi: dastlab, harbiy aviatsiya orqali yaqin masofadagi nishon havoga qo‘yib yuborildi. Havodagi jism haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarga tayangan holda, raketa jangovar holatda otildi. Nishon qisqa vaqt ichida bexato urib tushirildi; shundan so‘ng, uzoq masofadagi nishonlarni urib tushirishga mo‘ljallangan zenit-raketa majmuasi o‘z “ish”ini boshladi! Havoga shartli dushman – uchuvchisiz uchish apparati uchirildi.

Shaxsiy tarkib boshqaruv va qo‘mondonlik punktida uzoq masofadagi nishonning oraliq masofasi, harakati va tezligini aniqlab, kuzatuvga oldi. So‘ngra yuqori qo‘mondonlikning “Nishon yo‘q qilinsin!” buyrug‘iga binoan havo-yer raketasi jangovar otish holatida nishon tomonga yo‘nalish oldi. Sanoqli soniyalarda shartli dushman uchish apparati butkul zararsizlantirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Mudofaa vazirligi Qulquduq poligoni

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing