O‘zbekistonda zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo markazining 2024 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot nisobi 40 million so‘m etib belgilandi. Kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 million so‘m va undan ortiq pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan birini (2,5 foizini) zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

  • bug‘doydan – 14 000 so‘m;
  • arpadan – 20 000 so‘m;
  • mayizdan – 110 000 so‘m;
  • xurmodan – 180 000 so‘m.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin bo‘ladi.

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil bo‘ladi. Har kim o‘z imkoniyatiga qarab, ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

zakot fitr sadaqa fidya miqdori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing