2022 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Jamiyat
−
01 aprel 2022
30466O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2022 yil (hijriy 1443) yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, Zakot nisobi 34 000 000 so‘m va undan ortiq mablag‘i bo‘lgan kishi, jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40) ni zakot niyatida berishi kerak.
Fitr sadaqasi quyidagicha belgilandi:
• bug‘doy –2 kg (10 000 so‘m);
• arpa – 4 kg (16 000 so‘m);
• mayiz – 2 kg (100 000 so‘m);
• xurmo – 4 kg (160 000 so‘m).
“Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi”, deyiladi hay’at qarorida.
Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, uning o‘rtacha qiymati ko‘rsatilgan – 25 000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ramazon oyi 2 aprel sanasidan boshlanadi. Masjidlarda esa taroveh namozi bugun, 1 apreldan o‘qiladi.
LiveBarchasi