2023 yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2022 yil (hijriy 1443) yil uchun zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yilgi zakot nisobi 35 700 000 (o‘ttiz besh million yetti yuz ming) so‘m etib belgilandi. 

Fitr sadaqasi quyidagicha etib belgilandi:

•  bug‘doydan – 2 kg 12 000 (o‘n ikki ming) so‘m;
•  arpadan – 4 kg 20 000 (yigirma ming) so‘m;
•  mayizdan – 2 kg 100 000 (yuz ming) so‘m;
•  xurmodan – 4 kg 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

“Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini va fidya miqdorini bersa kifoya qiladi”, deyiladi xabarda.

Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangani aytib o‘tilgan. Qayd etilishicha, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

zakot fitr sadaqa fidya miqdori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing