O‘zbekistonda yuqori anomal issiq qayd etildi
Bu qiziq
−
30 iyun 2022
19025Kecha, 29 iyun kuni Navoiy viloyati havo harorati 47,1 darajagacha ko‘tarildi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulaxatov ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Mashiquduq” meteorologiya stansiyasida soat 13:20 da havo harorati 47,1 darajaga yetgan.
Qashqadaryo viloyatidagi “Muborak” ob-havo stansiyasida mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da havo harorati +45,9 darajaga yetgan. “Qarshi” meteorologiya stansiyasida havo harorati +43,4 ni tashkil qilgan.
Buxoro viloyatidagi “O‘gitma” ob-havo stansiyasida soat 16:00 da +46,6 daraja, Sirdaryodagi “Oqoltin” agrometeorologiya postida esa +46 daraja issiq qayd etilgan.
Aytish joizki, O‘zbekistonda meteorologik kuzatishlar davomida eng yuqori harorat (48-49 daraja) Qizilqum cho‘lida (1983 yil iyul) va Termiz shahri hududida (1914 yil iyun-iyul) qayd etilgan.
Toshkentda maksimal +44,6 daraja issiq 1997 yil 18 iyulda qayd etilgan.
LiveBarchasi