O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Jamiyat
−
12:30 584 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Google kompaniyasi vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muloqotda O‘zbekistonda raqamli ekotizimni rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning yirik IT-xabiga aylantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar muhokama qilingan.

Bildirilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston va dunyoning yetakchi texnologik giganti o‘rtasidagi aloqalar oddiy servislarni moslashtirish bosqichidan to‘laqonli va ko‘p qirrali strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan.
.jpg)
Ushbu hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan asosiy natijalar va rejalar biri Google Pay tizimining ishga tushirilishi bo‘lib, hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Google’da Cloud va Gemini tizimiga o‘zbek tili integratsiya qilingan. Platformalar orqali SI ko‘nikmalarini oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yilib, birgina Google kompaniyasining “Inson + SI” kurslarida 737 mingdan ziyod yurtdoshimiz ta’lim olib, sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari, yangi imzolangan kelishuvlarga ko‘ra, kiberxavfsizlik bo‘yicha milliy mutaxassislar malakasi oshirilishi hamda Google’ning BigQuery va Dataplex yechimlari yordamida milliy iqtisodiyot tarmoqlarida katta ma’lumotlarni tahlil qilish sinov loyihalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, “Yangi O‘zbekiston” va “Kiber universitet”da xalqaro sertifikatlash kurslari tashkil etiladi. Eng muhimi – mahalliy yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili 25 nafar o‘zbekistonlik talaba Google xalqaro ofislariga tajriba orttirish (stajirovka) uchun yuboriladi.
.jpg)
Saida Mirziyoyeva uchrashuv yakunida kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati borligini hamda oldinda katta va muhim vazifalar turganini qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashib, yirik infratuzilma loyihalarini muhokama qilgandi.
Live
Barchasi