O‘zbekistonda Youtube, Facebook, Telegram va Instagram bloklandi
Jamiyat
−
03 noyabr 2021
50483Bugun, 3 noyabr kuni O‘zbekistonda Telegram. Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari va YouTube videoxostingi faoliyatida uzilishlar kuzatila boshlandi.
Ahamiyatlisi, mazkur ijtimoiy tarmoqlar VPN dasturi bilan muammosiz ishlayotgani aytilmoqda.
QALAMPIR.UZ bu uzilishlarga O‘zbekiston hukumatining aloqasi bor-yo‘qligiga aniqlik kiritish maqsadida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi bilan bog‘langanda, u inspeksiyaning bunga daxli yo‘q ekanini ma’lum qildi.
Biroq, bugun, 3 noyabrdan boshlab, Moy Mir, Odnoklassniki, Youtube, Facebook, Telegram, Instagram va Linkedln kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlar ham Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgan. Bu reyestrni esa Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan “Twitter”, “TikTok” “WeChat” “Skype” “VKontakte” kabi ijtimoiy tarmoqlar bloklangandi.
LiveBarchasi