O‘zbekistonda yillik inflyatsiya qancha bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foizni tashkil qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Dekabr oyida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,6 foizni tashkil etgan.

2020 yilning iyun va iyul oylarida iste’mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur’ati faqat sentyabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.

Inflyatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflyatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentyabr oyida 1 foiz inflyatsiyaga erishgandi).


Maqola muallifi

Teglar

inflyatsiya

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing