O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga doir Hukumat qarori qabul qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adlyai vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Qaror bilan yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi. 

Dasturga ko‘ra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida  Olimpiya shaharchalari quriladi. 

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo o‘yinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tishi belgilangan bo‘lib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli O‘zbekiston da’vogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Osiyo o'yinlari

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing