O‘zbekistonda “Yashirin iqtisodiyot” ulushi qanday qisqartiriladi?
Jamiyat
−
23 iyun 2020
5954Joriy yilning 20 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Shu bilan birga, qator tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, aholi uchun iste’mol kreditlari ajratish tartibi yanada soddalashtiriladi va takomillashtiriladi.
Shuningdek, barcha kadastr hujjatlari raqamlashtiriladi.
Bundan tashqari, “Humo” va “Uzcard” to‘lov tizimlari integratsiyalashtiriladi.
"QR" kod orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarning ommabopligi oshiriladi va ko‘lami kengaytiriladi.
Ma’lum qilinishicha, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi muqobil tashkilotlar rivojlantiriladi. “Nobank kredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
LiveBarchasi