O‘zbekistonda yangicha 50 000 va 100 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi
Jamiyat
−
04 dekabr 2021 38853 1 daqiqa
O‘zbekistonda yangi namunadagi 50 000 va 100 000 so‘mlik banknotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Markaziy bankdagi manba ma’lum qildi.
Hozircha yangi banknotlar qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum.
Markaziy bank yangi banknotlar chiqarilishi va ularning dizayni aniq bo‘lgach, ma’lumot berishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval 5 000 va 10 000 so‘mlik banknotlar yangilanib, ularning hajmi kichraytirilgandi. Ammo dastlab chiqarilgan banknotlar ham muomalada qoldirildi.
Ma’lumot uchun, 50 000 so‘mlik banknota 2017 yil avgustda, 100 000 so‘mlik banknota 2019 yil fevralda muomalaga chiqarilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr