O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi paydo bo‘ldimi? YHXBB izoh berdi
Jamiyat
−
18 noyabr 2021
20727Ijtimoiy tarmoqlarda yangi yo‘l belgisi joriy qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bunga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, yangi yo‘l belgisi haqidagi gaplar asossiz. Negaki, u yo‘l belgilarini tasdiqlovchi hujjatlarda nazarda tutilmagan.
“O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ma’lum qiladi, ushbu belgi GOST 23457-86 talablarida va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash” to‘g‘risidagi 370 son qarorida ham mavjud emas”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi