O‘zbekistonda yangi turdagi avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi

Jamiyat

image

Toshkentda O‘zbekistonda ilk bor ishlab chiqarilgan ISUZU D-Max kichik yuk tashish avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2006 yilda “SamAuto” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu Corporation” korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi va zavodda ISUZU shassisi asosida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarish boshlandi.

Ўзбекистонда янги турдаги автомобиллар ишлаб чиқарила бошланди

Bugun taqdim etilgan kichik yuk tashish avtomobil turlaridan O‘zbekistonda agrar, tog‘-metallurgiya, neftni qayta ishlash sanoati sohalarida, ekstremal sport, xususiy sektorlarda foydalaniladi.

Avtomobilda ham yo‘lovchilar, ham yuklarni tashish uchun birdek qulay universal dizayn konsepsiyasi namoyon bo‘lgan.

21.JPG

2002 yildan buyon ISUZU D-Max avtomobil modellari butun dunyo bo‘ylab Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarib kelinmoqda. Bu yillar ichida avtomobillar yanada mukammallashdi. Shu paytgacha O‘zbekistonda ushbu turdagi avtomobillar ishlab chiqarilmagan. Faqat import qilingan. Ushbu turdagi avtomobillarga talab yil sayin oshib borgani, turli tarmoqlarda foydalanish uchun ancha qulay bo‘lgani sababli mamlakatimizda ishlab chiqarish uchun 2017 yilgi Isuzu D-Max modifikatsiyasining ikkinchi avlodi tanlab olingan.

Avtomobil 3 ta modifikatsiyada va 7 ta rangda taqdim etiladi. 

Birinchisi D-MAX SAHAR modeli bo‘lib, ikki qatorli kabinaga ega. 2 yo‘lovchiga mo‘ljallangan, 2,5 litrlik dvigatel hajmi va mexanik uzatmalar qutisiga ega. D-MAX OKSUS modeli esa 4 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, bir qatorli kabinasi bor. D-MAX IRBIS modeli boshqalaridan farqli ravishda 3 litrlik dvigatel hajmi va avtomat uzatmalar qutisiga ega.

1

Avtomobillarning yuk ko‘taruvchanligi 865–1100 kilogrammni tashkil etadi. An’anaviy ravishda ISUZU avtomobillarida haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizligiga alohida e’tibor qaratiladi. ISUZU D-Max yapon standartlariga muvofiq yuqori mustahkamlikdagi po‘lat kabina, energiyani yuta oluvchi old qism, yon zarbga chidamli plankalar va tarang tortib turuvchi xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

50.JPG

Avtomobillar oq, kumushsimon metallik, kulrang metallik, obsidian kulrang, qora, ko‘k va qizil rangda taqdim etilmoqda. Avtomobil intererida bezashning qora elementlari, xromlangan detallar va ushlab ko‘rganda yoqimli materiallar uyg‘unlashadi. Keng eshikarkalari kabinaga oson kira olish, ichkarida esa yo‘lovchilarni qulay joylashtirishni ta’minlaydi.

ISUZU D-Max avtomobillari sotuvi 2020 yilning yanvar oyida boshlanadi. Ayni damda sotuvoldi buyurtmalar berish jarayoni boshlandi. Avtomobillar narxi 270 million so‘mdan 380 million so‘mgacha oraliqda belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

ISUZU

Baholaganlar

411

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing