O‘zbekistonda yangi xokkey klubi tashkil etildi

Sport

image

O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi tarkibidagi klublar soni bittaga ko‘paydi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi o‘zining "Harbiy sport xokkey klubi" (HSCHK) jamoasini tuzdi. Ayni paytda yangi jamoani tuzish yuzasidan seleksiya ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi Toshkent, Samarqand, Qarshi va Andijon kabi O‘zbekistonning bir qator shaharlarida muz saroylarini tashkil etish orqali kelgusi besh yil ichida yoshlarni xokkeyga qiziqtirish, xokkey jamoalarini yaratishni rag‘batlantirish va natijada xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini jonlantirish uchun mamlakatning har bir mintaqasida xokkeyni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish rejalashtirilgan.

Bunga muvofiq,  2020 yilda besh yosh toifasida xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.

Hozirda Federatsiya tarkibida "Binokor", "Semurg‘", "Humo", "Toshkent" kabi xokkey klublari bor. 


Maqola muallifi

Teglar

xokkey Mudofaa vazirligi O'zbekistonda

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing