O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etildi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2019
3702O‘zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.
Farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalari negizida quyidagilar tashkil etildi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi.
Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalaridan biri sanitariya-epidemiologiya nazorati sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ular bilan hamkorlik qilishni ta’minlashdan iborat.
Yangi tashkil etilayotgan Agentlik esa, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi.
Farmonga ko‘ra, Davlat inspeksiyasi boshlig‘i bir vaqtning o‘zida Bosh davlat sanitariya inspektori, Agentlik direktori esa bir vaqtning o‘zida Bosh davlat sanitariya vrachi hisoblanadi.
Shuningdek, Davlat inspeksiyasi va Agentlik huzurida yuridik shaxs tashkil etmasdan byudjetdan tashqari moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armalari tashkil etildi.
LiveBarchasi