O‘zbekistonda yangi agentlik tuziladi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
14736O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mitasining “avtoyo‘linvest” agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qarorga bilan Respublika yo‘l jamg‘armasi negizida yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Avtoyo‘linvest agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik deb yuritiladi) tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Agentlik Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi Respublika yo‘l jamg‘armasining mol-mulklari va imzolagan shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
yo‘l xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini aniqlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
loyihani ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish;
yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida kredit mablag‘larini jalb qilishda ishtirok etish;
tender savdolari natijasida g‘olib bo‘lgan pudrat tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish;
loyihalarni amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, pudratchi tashkilotlar tomonidan yo‘l xo‘jaligi sohasi normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini tahlil qilish, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni o‘z vakolati doirasida bartaraf etish choralarini ko‘rish;
tegishli vazirliklar va idoralar, shuningdek yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashish;
investitsiya dasturi prognozlarini o‘z vaqtida ijrosini amalga oshirish hamda yakunlangan ishlarni belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilishni ta’minlash.
Quyidagilar belgilanadi:
Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Agentlikga Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi;
Agentlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 2,0 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq Agentlik o‘zining huzurida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlari tashkil etadi;
Agentlik huzurida tashkil etiladigan loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyati xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Agentlik faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
• O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
• O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
• Agentlikning maxsus hisob raqami mablag‘lari;
• xalqaro grantlar va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
• qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.