O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 7 dekabr kuni O‘zbekistonning bir qancha hududlarida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila soat 16:31 da sodir bo‘lgan. Epimarkazda sezilish kuchi 3 ball, magnituda 3,3, chuqurlik 14 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi yana Namangan viloyatining Pop tumani. Epimarkaz Toshkentdan 135 km janubiy-sharqda. Koordinatalari 40,88 daraja shimoliy kenglik, 70,74 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Namangan viloyatining Pop tumanida 2-3 ball, 14 km.
  • Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida 2 ball, 26 km.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hududlarda kecha, 6 dekabr kuni 2 marotaba zilzila sodir bo‘lgandi. Har ikkalasining ham epimarkazi Namangan viloyatining Pop tumani. 


Maqola muallifi

Teglar

zilzila epimarkaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing