O‘zbekistonda to‘ylarga yana ruxsat beriladi
Jamiyat
−
12 avgust 2020 29256 1 daqiqa
O‘zbekistonda 15 avgustdan to‘ylar o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari odamlar cheklovlardan charchaganini, karantin cheklovlarini yumshatish zarurligini qayd etdi.
“Fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berish lozim”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Avvalroq, 15 avgustdan avtomobillarning kun bo‘yi harakatlanishi va qator tadbirkorlar faoliyatiga ruxsat berilishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi