Telegram
Birinchi biling!
Jamiyat
−
16 may
5776O‘zbekiston Respublikasida qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1 iyuligacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi. Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, 2023 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.
2023 yil 1 iyuligacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi ishga tushiriladi.
2023 yil 1 oktyabrdan:
2024 yil 1 oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.
LiveBarchasi