O‘zbekistonda yana 496 kishi koronavirusga chalindi, 172 bemorda pnevmoniya aniqlangan

Jamiyat

image

Kecha, 5 iyul kuni O‘zbekistonda 496 kishida koronavirus, 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 5 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 496 kishiga ortib, 113 568  nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 19 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 23 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 45 nafari Jizzax viloyatida,
  • 12 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 10 nafari Navoiy viloyatida,
  • 24 nafari Namangan viloyatida,
  • 49 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 21 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 27 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 21 nafari Xorazm viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent viloyatida,
  • 148 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 172 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 39 nafar,
  • Andijon viloyatida 39 nafar,
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Jizzax viloyatida 20 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 56 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109349 (+281) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 754 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing