O‘zbekistonda yana 2 mingta oilaviy nodavlat bog‘cha ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yana 2 mingta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida so‘z boradi. 

Qarorga muvofiq, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda:

  • 2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o‘rinlar yaratiladi;
  • umumiy quvvati 11,2 ming o‘rindan ziyod bo‘lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • quvvati 7,5 ming o‘ringa teng bo‘lgan 50 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quriladi;
  • davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga yetkaziladi hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Qarorga ko‘ra, joriy yil 1 iyuldan:

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2 nafargacha, boshqa hududlarda — 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda ish haqi to‘lanadi;

oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta’minlanadi;

2022 yil 1 yanvarga qadar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so‘mgacha miqdorda 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada kreditlar ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bog'cha

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing