O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar uchun jamoat tarbiyachilari tayinlanadi

Jamiyat

image

Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash tartibi joriy qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Loyihada jamoat tarbiyachisini tayinlash tartibi quyidagicha belgilandi:

Voyaga yetmaganlarning jamoat tarbiyachisi etib 30 yoshga to‘lgan, birinchi navbatda voyaga yetmagan shaxslar bilan kamida ikki yil ishlash tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, jinsi, oilaviy ahvolidan qat’i nazar, o‘zining hayotiy tajribasi va axloqiy fazilatlari bilan ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan, o‘z zimmasiga nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmaganlarni tarbiyalash vazifasini oladigan shaxs tayinlanishi mumkin.

Komissiya jamoat tarbiyachilari nomzodlari ro‘yxatini shakllantiradi.

Voyaga yetmaganlarga jamoat tarbiyachisini tanlash va tayinlash haqidagi qaror Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya yoki sud tomonidan qabul qilinadi.

Komissiya tomonidan jamoat tarbiyachisi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadi:

– nazoratsiz va qarovsiz qolgan;

– ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni o‘tagan;

– bolani tarbiyalashda yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarning voyaga yetmagan farzandlariga.

Sud tomonidan jamoat tarbiyachisi quyidagi voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadi:

– shartli hukm qilingan;

– ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan;

– tarbiyaviy ta’sir qilish yoki ma’muriy jazolash choralari ko‘rilgan;

– ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

qarori loyihasi tarbiyachi

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing