O‘zbekistonda vaksinatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanmoqda. Endi kimlar emlanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ertaga, 1 maydan koronavirusga qarshi emlash jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o‘tiladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Ikkinchi bosqichda emlanadiganlar:

•    jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari;
•    jamoat transporti xodimlari (metropolitan, temir yo‘l, aeroport xodimlari);
•    xorijda o‘qiydigan talabalar,
•    mehnat muhojirlari.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aholini emlashning birinchi bosqichi 1 apreldan boshlangandi. Birinchi bosqichda 65 yoshdan kattalar, surunkali kasalligi borlar, tibbiyot va ta’lim muassasalari (maktab va bog‘cha) xodimlar, shuningdek, huquq-tartibot organlari vakillari emlandi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash jarayoni boshlangan. Hozirgacha mamlakatda 528 751 kishi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan. Emlash jarayonlarida AstraZeneca va ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing