O‘zbekistonda vaksinaning nojo‘ya ta’siri kuzatildimi? Qurbonov javob berdi

Jamiyat

image

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan vaksinatsiya, aholini ommaviy emlash tadbirlari bo‘yicha savollarga javob berdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Botir Qurbonov ayni paytda O‘zbekistonda qancha vaksina bor va to‘liq emlanish uchun necha marta vaksina qabul qilish kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

“Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga  o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. 

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha eng samarali profilaktika bu vaksinatsiya, aholini ommaviy emlash hisoblanadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlari qatorida o‘tgan yil dekabr oyidan boshlab yurtimizda ham aholini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan edi.
 
Xabaringiz bor, Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd kompaniyasi tomonidan yurtimizda 3-bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan olib kelingan edi. 

Bundan oldinroq esa, COVAX global hamkorligi doirasida 660 ming doza COVID-19 ga qarshi  AstraZeneca vaksinasi  ham olib kelingani haqida xabar bergan edik. Shu kunlarda qizg‘in davom etayotgan  vaksinatsiya jarayonlari uchun jami 1 million 660 ming doza miqdoridagi vaksinadan foydalanilmoqda”, deydi Qurbonov.

Uning aytishicha, fuqarolar AstraZeneca vaksinasini ikki marta, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini esa uch marta qabul qilgach, to‘liq emlangan hisoblanadi. Fuqarolar qaysi vaksina bilan emlanishni o‘zlari tanlashi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda vaksina olganlar soni salkam 50 mingga yetgan. Qayd etilishicha, shu kunga qadar emlanganlar orasida biror marta nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.

 

Orzugul Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing