O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar qancha?

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 fevral holatiga ko‘ra, O‘zberkistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 1 mln 324 ming 31 nafarga yetdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 1 yanvaridan 16 fevraliga qadar 132 ming 47 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu borada Farg‘ona (20 ming 295 nafar), Samarqand (18 ming 988 nafar), Andijon ( 13 ming 901 nafar), Jizzax (10 ming 647 nafar) va Toshkent viloyati (10 ming 362 nafar) yetakchilik qilmoqda.

Faoliyat turlarini shartli ravishda sohalarga bo‘lish mumkin:

•  Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha 50691;

•  Sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 32707;

•  Maishiy xizmatlar bo‘yicha 23641;

•  Ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha 15183;

•  Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha 7551;

•  Axborot-kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 2274 nafar shaxs o‘zini o‘zi band qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

261

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing