O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan yong‘inlar soni ikki baravar oshgan

Bu qiziq

image

Joriy yil 15 yanvar kuniga qadar yuz bergan yong‘inlar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Mavlonbek Doschanov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, aholi yashash joylarida yong‘in kelib chiqishiga aksariyat hollarda gaz va elektr isitish moslamalaridan foydalanishda texnik, yong‘in va elektr xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumki, hozirgi ob-havo haroratining pasayib borishi gaz, elektr va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda yong‘inlar bilan bog‘liq turli favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin. 

Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun esa gaz uskunalari hamda isitish moslamalaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya etish talab qilinadi. Xususan, gaz plitalaridan xonalarni isitish maqsadida foydalanmaslik, isitish pechlari va ularning mo‘rilari sozligini doimiy nazorat qilish, ular yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamaslik shular jumlasidandir. 

Eslatib o‘tamiz, Namanganda ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli to‘rtta xonadon yonib ketgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing