Ko‘r qur’a O‘zbekistonga kimlarni raqib qildi?

Sport

Kecha, 26 may kuni tarixda ilk bor O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Joriy yilning 14 sentyabr - 6 oktyabr kunlari O‘zbekiston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Ko‘hna Samarqand shahridagi Registon maydonida musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda FIFA, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, mamlakat futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Shundan so‘ng qur’a tashlandi va jamoalar o‘z guruhlarini bilib oldi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “A” kvartetida Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiya jamoalari bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. Ochilish o‘yini 14 sentyabr kuni O‘zbekiston va Niderlandiya jamoalari o‘rtasida kechadi. Bahsga Toshkent shahridagi “Humo arena” mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Jahon chempionati futzal qur'a tashlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing