O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 2024 yilning birinchi choragiga qaraganda 18 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning I choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 mln 796,1 ming so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 18 foizga o‘sgan. 2021 yil bilan taqqoslaganda esa, ikki baravar oshgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida hududlar kesimida eng yuqori ish haqi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan – 9,88 mln so‘m.

Undan keyingi o‘rinlarni esa 7,33 mln so‘m bilan Navoiy hamda 5,43 mln so‘m bilan Toshkent viloyatlari egallagan. Ish haqining eng kam miqdori esa 4,08 mln so‘m bilan Qashqadaryo viloyatida qayd etilgan.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi:

1. Toshkent shahrida – 9 mln 889 ming 100 so‘m;

2. Navoiy viloyati – 7 mln 330 ming 900 so‘m;

3. Toshkent viloyati – 5 mln 435 ming 600 so‘m;

4. Andijon viloyati – 4 mln 874 ming 500 so‘m;

5. Buxoro viloyati – 4 mln 763 ming 900 so‘m;

6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 mln 672 100 so‘m;

7. Sirdaryo viloyati – 4 mln 662 300 so‘m;

8. Xorazm viloyati – 4 mln 580 ming 200 so‘m;

9. Jizzax viloyati – 4 mln 370 ming 100 so‘m;

10. Samarqand viloyati – 4 mln 353 ming 100 so‘m;

11. Namangan viloyati – 4 mln 276 ming 900 so‘m;

12. Surxondaryo viloyati – 4 mln 209 ming 100 so‘m;

13. Farg‘ona viloyati – 4 mln 203 ming 000 so‘m;

14. Qashqadaryo viloyati – 4 mln 079 ming 800 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2024 yilda o‘rtacha oylik ish haqi 2023 yilga qaraganda 17,4 foizga ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.  2024 yilda O‘zbekistonda o‘rtacha nominal (soliq va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olgan) oylik ish haqi 5 mln 357 ming so‘mni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda 4 mln 562 ming so‘m bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston oylik ish haqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing