O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?
Jamiyat
−
03 avgust 2022
12838O‘zbekistonda joriy yilning yanvar oyidan beri 5 mln 372,2 ming nafar fuqaroga rasman ish haqi hisoblanmoqda. Ularga jami 82 trln 498,1 mlrd so‘m oylik to‘langan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 2 mln 776,4 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Hududlar kesimidagi eng ko‘p o‘rtacha oylik ish haqi Toshkent shahrida qayd etilgan (4,4 mln so‘m). Keyingi o‘rinlardan Navoiy (3,77 mln so‘m) va Toshkent viloyatlari joy olgan (2,84 mln so‘m). Eng kam oylik esa Farg‘ona va Sirdaryo hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyatlarda o‘rtacha oylik ish haqi:
• Toshkent shahrida — 4 mln 408,7 ming so‘m;
• Toshkent viloyatida — 2 mln 847,7 ming so‘m;
• Navoiy viloyatida — 3 mln 779 ming so‘m;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 2 mln 445,6 ming so‘m;
• Andijon viloyatida — 2 mln 292,3 ming so‘m;
• Buxoro viloyatida — 2 mln 261,6 ming so‘m;
• Qashqadaryo viloyatida — 2 mln 113,5 ming so‘m;
• Surxondaryo viloyatida — 2 mln 102,3 ming so‘m;
• Samarqand viloyatida — 2 mln 096,4 ming so‘m;
• Jizzax viloyatida — 2 mln 089,5 ming so‘m;
• Xorazm viloyatida — 2 mln 083,1 ming so‘m;
• Namangan viloyatida — 2 mln 057,9 ming so‘m;
• Sirdaryo viloyatida — 1 mln 985,6 ming so‘m;
• Farg‘ona viloyatida — 1 mln 969,9 ming so‘mga teng.
Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 540,5 ming so‘mni tashkil etgan va 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 119,3 foizni tashkil qilgan. 2021 yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik 2 mln 968,5 ming so‘m bo‘lgan.
Qayd etish kerak, aholisi 35,6 mln kishini tashkil etadigan mamlakatda bor-yo‘g‘i 5 mln 372,2 ming nafar fuqaroga rasman ish haqi hisoblanishi mehnat bozorida muammolar yetarlicha ekanidan dalolatdir.
LiveBarchasi