O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 6 oyida o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2026 yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln 091,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Toshkent shahrida 12 mln 013,9 ming so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga o‘sganligi kuzatilgan.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich Jizzax viloyatida 5 mln 399,4 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,4 foiz), Namangan viloyatida 5 mln 190,7 ming so‘mni (119,4 foiz), Toshkent viloyatida 6 mln 675,7 ming so‘mni (117,8 foiz), Qashqadaryo viloyatida 4 mln 864,7 ming so‘mni (117,2 foiz), Samarqand viloyatida 5 mln 192,7 ming so‘mni (117 foiz) va Buxoro viloyatida 5 mln 618,2 ming so‘mni (116,9 foiz) tashkil etgan.

Shu bilan birga, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Sirdaryo viloyatida 5 mln 604,9 ming so‘m (116,8 foiz Navoiy viloyatida 8 mln 722,7 ming so‘m (116,4 foiz), Xorazm viloyatida 5 mln 499,8 ming so‘m (116,3 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 mln 556,6 ming so‘m (116,2 foiz), Farg‘ona viloyatida 5 mln 163,5 ming so‘m (116,0 foiz), Surxondaryo viloyatida 4 mln 937,3 ming so‘m (115,8 foiz) hamda Andijon viloyatida 5 mln 683,6 ming so‘m (115,1 foiz) miqdorida qayd etilib, boshqa hududlarga nisbatan o‘sish sur’ati pastroq ekanligi kuzatilgan.

O‘rtacha oylik nominal ish haqi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori o‘sish sur’atlari tashish va saqlash sohasida qayd etilgan. Xususan, mazkur sohada 2025 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,8 foizni tashkil etib, ish haqi miqdori 11 mln 070,0 ming so‘mga yetgan.

Shuningdek, ta’lim sohasida ham sezilarli o‘sish qayd etilib, ish haqi miqdori 4 mln 977,1 ming so‘mni tashkil etgan (o‘sish – 20,3 foiz). Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida o‘rtacha ish haqi 4 mln 440,3 ming so‘mni tashkil etib, 20,1 foizga o‘sgan. Qurilish sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln 027,9 ming so‘mni tashkil etib, 2025 yilning yanvar-iyuniga nisbatan 19,9 foizga oshgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati yo‘nalishida o‘rtacha oylik ish haqi 19 mln 100,2 ming so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan), san’at, ko‘ngil ochish va dam olish yo‘nalishida 5 mln 858,1 ming so‘m (16,2 foizga), sanoat sohasida o‘rtacha ish haqi 8 mln 267,0 ming so‘m (15,4 foizga), axborot va aloqa sohasida 17 mln 417,4 ming so‘m (15,3 foizga), savdo sohasida 7 mln 650,5 ming so‘m (13,1 foizga), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida esa o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 189,6 ming so‘mni tashkil etib, 11,2 foizga o‘sgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil I choragida O‘zbekiston hududida o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 million so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing