O‘zbekistonda uch oyda 86,7 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
Jamiyat
−
01 aprel 2022
4042Joriy yilning yanvar-mart oylarida avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimi orqali 86,7 mlrd so‘mlik 40 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtoraqamlarning sotuvi o‘tgan yilga nisbatan son jihatdan 27 foizga, hajmi bo‘yicha – 40 foizga o‘sgan. Sotilgan avtoraqamlarning o‘rtacha boshlang‘ich va sotuv narxlari o‘rtasidagi tafovut 47 foizni tashkil qilgan.
Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – O‘zbekiston Davlat byudjetiga, 20 foizi – Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 2021 yilning I choragiga nisbatan 50,6 foizga va 2019 yilning mos davriga nisbatan esa qariyb uch marotabaga o‘sib, 26,7 trln so‘mni tashkil qilgan.
LiveBarchasi