O‘zbekistonda uch kun davomida sel kutilayotgani e’lon qilindi
Bu qiziq
−
20 Sentabr 2023
34549Joriy yilning 20-22 sentyabr kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, haftaning ikkinchi yarmi 21-23 sentyabr kunlari respbulika bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 21-22 sentyabrda 26-31°, 23 sentyabrda 25-30° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 21-22 sentyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.