O‘zbekistonda tug‘ilgan UFC jangchisi “troll” qilindi

Sport

image

Sobiq UFC jangchisi, hozirda ekspert sifatida ishlayotgan amerikalik Cheyl Sonnen O‘zbekistonda tug‘ilgan qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonovni o‘z YouTube sahifasida tanqid qildi.

Sonnenning Rahmonovni tanqid qilishiga Rahmonov yarim o‘rta vaznga qaytishga qaror qilgani va amerikalik Kelvin Gastelumga chorlov yuborgani sabab bo‘lgan.

“Shavkatning Gastelumga chorlovi shunchaki do‘stona edi. Buni chorlov deb aytish ham qiyin. Bu ko‘proq taklifga o‘xshaydi. Rahmonov haqida iliq gaplarni aytish mumkin, ammo uni baralla eng yaxshi so‘zlar bilan maqtash noto‘g‘ri”, deydi Sonnen.

Ma’lumot uchun, Rahmonov Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. Keyinchalik ota-onasi bilan Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. U professional faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alabaga erishgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Cheyl Sonnen Sobiq UFC jangchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing