O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya xalq artisti vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 12 mart kuni Rossiya xalq artisti, qo‘shiqchi Staxan Rahimov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Moskonsert vakili Valeriy Korn "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan. 

"Bugun Staxan Rahimov vafot etdi!" deb yozgan Korn. 

U artistning o‘limi sabablariga aniqlik kiritmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Staxan Rahimov 1937 yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan va keyinchalik Moskvaga ko‘chib o‘tgan. 1963 yildan boshlab, u rafiqasi Alla Yoshpe bilan birgalikda professional qo‘shiqchilik faoliyatini boshlagan. 

1979 yilda Yoshpeni davolash uchun  Isroilga borishga to‘g‘ri kelgan. Lekin juftlikka mamlakatdan chiqishga ruxsat berilmagan va ularning sahnada chiqishlari ham taqiqlangan. 

Duetga 1980 yillarning oxiridan sahnaga chiqishga ruxsat berilgan. 

2002 yilda Rahimov va Yoshpe Rossiya xalq artistlari unvoniga sazovor bo‘lgan. 

Alla Yoshpe joriy yilning 30 yanvarida 83 yoshida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Staxan Rahimov

Baholaganlar

795

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar