O‘zbekistonda Telegram atayin uzib qo‘yildi(mi?)
Texnologiya
−
31 iyul 2023
13184Kecha, soat taxminan 20:30 larda O‘zbekistonda Telegram messenjeri ishlamay qoldi. Odatda messenjerda uzilish ko‘p vaqtga cho‘zilmaydi, uzog‘i bilan 3-4 daqiqagacha davom etishi mumkin.
Ammo kecha uzilish 15 daqiqagacha cho‘zildi va bunday holat respublikada tez-tez sodir bo‘lmoqda. Manbalarga ko‘ra, ushbu uzilishdan so‘ng VPN orqali ulanganda messenjer barqaror ishlagan. Xo‘sh, bu kabi uzilishlar O‘zbekiston tomoniga bog‘liqmi yoki bu bo‘yicha “yuqoridan” qandaydir buyruqlar berilyaptimi? Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ jurnalisti Axborot texnologiyalari vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi.
Vazirlik matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, bunday uzilishlar O‘zbekiston tomoniga bog‘liq emas. U bu holat messenjer serveriga va undagi tuzatish jarayonlari sababli yuz berganini aytib o‘tdi.
Uning tushuntirishicha, bu kabi holatlarga vazirlik aralasholmaydi va shu sababli tegishli ma’lumotlar berishning iloji yo‘q.
Downdetector saytiga ko‘ra, kecha Rossiya va Markaziy Osiyo hududida bir qator uzilishlar sodir bo‘lgan. Foydalanuvchilarning 74 foizi tarmoqqa ulanish va kontentni yuklab olishda muammolar haqida xabar bergan.
LiveBarchasi