O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik kanallar ro‘yxati e’lon qilindi
Jamiyat
−
07 aprel 13664 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi 270 ta sahifa, Telegram’dagi 855 ta kanal, Instagram’dagi 386 va Threads 1 sahifa, YouTube’dagi 190 kanal, Odnoklassnikidagi 39 ta sahifa, TikTok’dagi 62 ta sahifa, internetdagi ayrim sayt va kitoblar kiritilgan.
To‘liq ro‘yxat bilan quyida tanishish mumkin:
“Hurmatli fuqarolar! Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo‘ling!” deyiladi xabarda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr