O‘zbekistonda suv ta’minoti korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 mart kuni Uy-joy kommunal xizmat xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov ishtirokida onlayn brifing bo‘lib o‘tdi. Vazir o‘rinbosari karantin davrida aholiga toza ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. 

“O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan joriy etilgan karantin sharoitida Uy-joy kommunal xizmat xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufidagi hududiy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, suv va issiqlik ta’minoti korxonalari barqaror faoliyat yuritmoqda. O‘rnatilgan talab va me’yorlarga amal qilgan holda aholiga kommunal xizmatlarni ko‘rsatish, ichimlik suvi va issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun barcha choralar ko‘rilmoqda”, dedi Nazirjon Nazirov.

Ta’kidlanishicha, suv ta’minoti korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan. Respublikadagi 45 ta suv tozalash, 10 570 ta suv olish, 477 ta guruhli suv olish, mingdan ortiq suv taqsimlash inshootida ichimlik suvi xlor yoki ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantirilmoqda.

“Ichimlik suvi aholiga gigiyenik talablarga mos ravishda yetkazib berilmoqda. Respublika bo‘yicha ichimlik suvi namunalari olinadigan 196 000 ta nazorat shoxobchasi tashkil qilingan. Bundan tashqari, 48 ta kuzatuv laboratoriyasi ishlamoqda”, dedi vazir o‘rinbosari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ichimlik va oqava suvlarini zararsizlantirish uchun 170 tonnadan ortiq suyuq xlor va gipoxlorid jamlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing